Pulkitob
Kirish
Oila byudjeti

Uy pulining daftari

Daromad va xarajatni oila boʻlib yozib boring. Kim, qachon, qancha va nimaga sarfladi: hammasi bitta joyda, bitta hisobda.

Kartani ulash shart emas. Brauzerda ochiladi.

Yozish daftardagidek oddiy

Xarajatni yozib qoʻyish uchun hisobot ochish, jadval tuzish yoki formula yozish kerak emas.

  • Summa, kategoriya, izoh

    Bitta forma: qancha, daromadmi yoki xarajatmi, qaysi kategoriya, kim va qanday izoh bilan. Sana bugungisiga oʻzi qoʻyiladi.

  • Kategoriyalar oʻzingizniki

    Oziq-ovqat, transport, ijara, salomatlik: tayyor roʻyxat bor, lekin har biriga oʻz ikonkangiz va rangingizni qoʻyib, yangisini qoʻshasiz.

  • Qidiruv va tarix

    "Oʻtgan oy dorixonaga qancha ketdi?" degan savolga javob bir qidiruvda chiqadi. Hamma yozuv joyida turadi.

Oilada kim qancha sarfladi

Har bir yozuv oila aʼzosiga biriktiriladi. Butun oilaning umumiy hisobini ham, bitta aʼzoning xarajatini ham alohida koʻrasiz.

  • Oila rejimini yoqsangiz umumiy balans, oʻchirsangiz faqat oʻzingizniki.
  • Aʼzolar soni cheklanmagan: ota-ona, farzandlar, kim kerak boʻlsa.
  • Analitika ham aʼzo boʻyicha filtrlanadi, hisob-kitob aniq boʻladi.
Ota 24 ta yozuv −2 310 000
Ona 41 ta yozuv −2 940 000
Farzand 9 ta yozuv −470 000

Pul qayerga ketgani koʻrinib turadi

Yozuvlar toʻplangan sari rasm oydinlashadi: qaysi kategoriya koʻp yeydi, qaysi oyda tejalgan.

Kategoriya boʻyicha xarajat

Kategoriyalar boʻyicha xarajat ulushi 5,72 mln soʻm
  • Oziq-ovqat34%
  • Ijara22%
  • Transport18%
  • Xarid12%
  • Salomatlik8%
  • Dam olish6%

Vaqt boʻyicha pul oqimi

Daromad Xarajat
Oxirgi olti oydagi daromad va xarajat Mar Apr May Iyn Iyl Avg

Oʻz tilingizda, oʻz valyutangizda

Interfeys tili va hisob valyutasi sozlamalarda bir bosishda almashadi.

Til

  • Oʻzbekcha uz
  • Русский ru
  • English en

Valyuta

  • UZS Oʻzbek soʻmi
  • USD AQSH dollari
  • RUB Rossiya rubli
  • EUR Yevro

Qurilma

  • Telefon brauzerda
  • Planshet brauzerda
  • Kompyuter brauzerda
PulkitobBusiness

Tovar bilan ishlasangiz, boshqa daftar kerak

Oila byudjeti bilan ombor hisobi bir daftarga sigʻmaydi. Savdogarlar va biznes egalari uchun alohida ilova bor: tannarx, qoldiq, import va marketpleys bir joyda.

business.pulkitob.uz ga oʻtish
  • Ombor Variantlar, paketlar, tannarx va qoldiq qiymati
  • Import 1688 va Pinduoduo buyurtmalari, iPost / MK Express / Ali Cargo trek raqami boʻyicha kuzatuv
  • Uzum Sotuvlar, taʼminot fakturalari, qoldiq va brak monitoringi
  • Hisobot Kapital va foyda, UZS / USD / CNY boʻyicha

Birinchi yozuvni bugun qiling

Ochish bir daqiqa. Oy oxirida pul qayerga ketgani birinchi marta aniq koʻrinadi.

Hisob ochish